Ishonch telefoni

Foydali maslahat

22-10-2026, 15:27
29
O‘RVIning oldini olish — salomatligingizni asrang!
O‘tkir respirator virusli infeksiyalar (O‘RVI) — nafas yo‘llarini zararlaydigan, asosan viruslar orqali yuzaga keladigan yuqumli kasalliklar guruhidir. Ular yilning istalgan faslida uchrashi mumkin, ayniqsa kuz-qish mavsumida keng tarqaladi. O‘RVI bolalar, keksalar va immuniteti zaif insonlarda turli asoratlarni keltirib chiqarishi mumkin.
Kasallikning oldini olish uchun oddiy, ammo muhim profilaktika qoidalariga rioya qilish zarur.
🦠 O‘RVI qanday yuqadi?
Bemor yo‘talganda, aksirganda yoki gapirganda havoga tarqaladigan zarrachalar orqali.
Virus bilan ifloslangan qo‘llar orqali burun, og‘iz va ko‘zga tegilganda.
Yopiq, shamollatilmaydigan va odamlar gavjum joylarda uzoq vaqt bo‘lganda.
☑️ O‘RVIdan himoyalanishning  muhim qoidalari
1️⃣. Qo‘llaringizni tez-tez yuving.
Qo‘llarni sovun bilan yuvish ko‘plab infeksiyalar yuqish xavfini kamaytiradi.
2️⃣. Xonalarni muntazam shamollating.
Uy, ishxona, sinfxona va boshqa yopiq xonalarga toza havo kirishini ta’minlang.
3️⃣. Shaxsiy gigiyenaga rioya qiling.
Yuvilmagan qo‘llar bilan yuz, burun, og‘iz va ko‘zlarga tegmang.
4️⃣. Niqobdan to‘g‘ri foydalaning.
Odamlar gavjum joylarda, ayniqsa respirator infeksiya alomatlari bo‘lsa, niqob taqish yuqish xavfini kamaytirishga yordam beradi.
5️⃣. Bemorlar bilan yaqin muloqotni cheklang.
Kasallik alomatlari bo‘lgan insonlar bilan masofani saqlang. Imkon qadar kasal holatda uyda qoling.
6️⃣. Yo‘talish va aksirish odobiga amal qiling.
Og‘iz va burunni salfetka yoki tirsak bukilmasi bilan yoping. Ishlatilgan salfetkani darhol chiqindiga tashlang.
7️⃣. To‘g‘ri va muvozanatli ovqatlaning.
Sabzavotlar, mevalar, oqsilga boy mahsulotlarni iste’mol qiling. Yetarli miqdorda suv iching.
8️⃣. Yetarli uxlang va jismoniy faol bo‘ling.
Muntazam uyqu, toza havoda sayr qilish va yoshga mos jismoniy faollik organizmning normal faoliyatini qo‘llab-quvvatlaydi.
9️⃣. Grippga qarshi emlaning.
Gripp vaksinasi grippdan himoyalanishga yordam beradi, ammo barcha O‘RVI turlaridan himoya qilmaydi.
1️⃣0️⃣. Kasallik alomatlariga befarq bo‘lmang.

❓ Qachon shifokorga murojaat qilish kerak?
Burun oqishi, tomoq og‘rishi, yo‘tal, isitma va holsizlik kuzatilsa shifokorga murojaat qiling. O`zboshimchalik bilan davolanmang!
📌 Unutmang!
O‘RVIning oldini olish — har bir insonning o‘z salomatligi va atrofdagilar salomatligi uchun mas’uliyatidir.


🔰Sanepid qo‘mitasi Yangiariq tuman bo‘limi
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.