Ehtiyot bo‘ling — PEDIKULYOZ!
Pedikulyoz — bitlar keltirib chiqaradigan parazitar kasallik bo‘lib, ayniqsa bolalar jamoalarida tez tarqalishi mumkin.🪮 Asosiy belgilar:
➡️osh terisining kuchli qichishishi;
➡️soch orasida bit yoki sirka (bit tuxumlari) aniqlanishi;
➡️terida tirnalish va qizarish.
🛡 Oldini olish uchun:
➡️Soch va bosh terisini muntazam tekshirib turing.
➡️Shaxsiy taroq, sochiq, bosh kiyimdan foydalaning.
➡️Bosh kiyim va choyshablarni muntazam yuvib, dazmollang.
➡️Pedikulyoz aniqlansa, tegishli vositalar bilan davolashni boshlang.
➡️Oila a’zolari va yaqin aloqada bo‘lganlarni ham tekshiring.
⚠️ Muhim: Pedikulyoz uyatli holat emas. Uni vaqtida aniqlash va to‘g‘ri davolash orqali bartaraf etish mumkin.
Sog‘lomlik — tozalik va ehtiyotkorlikdan boshlanadi!
🔰Sanepid qo`mita Yangiariq tuman bo`limi
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.
Hamda bularni ko'ring











