Ishonch telefoni
Bosh sahifa » Axborot xizmati / Bo'lim yangiliklari » BIOFАOL QOʼSHIMCHАLАRNI, АYNIQSА, OZDIRUVCHI VOSITАLАRNI EHTIYOT BOʼLIB ISTEЪMOL QILING!

BIOFАOL QOʼSHIMCHАLАRNI, АYNIQSА, OZDIRUVCHI VOSITАLАRNI EHTIYOT BOʼLIB ISTEЪMOL QILING!

7-09-2026, 15:32
23
Soʼnggi vaqtlarda tez va oson ozishni vaʼda qiladigan turli xil biofaol qoʼshimchalar keng tarqalmoqda. Аmmo ularni mutaxassis tavsiyasisiz isteʼmol qilish salomatlik uchun xavfli boʼlishi mumkin.

❗️ Noxush oqibatlar:
🔸 qon bosimining koʼtarilishi yoki tushib ketishi;
🔸 yurak urishi tezlashishi, yurak-qon tomir tizimiga salbiy taʼsir;
🔸 bosh ogʼrigʼi, bosh aylanishi, uyqusizlik;
🔸 koʼngil aynishi, qusish va ich ketishi;
🔸 jigar va buyrak faoliyatiga salbiy taʼsir;
🔸 organizmda suvsizlanish va vitamin-minerallar muvozanatining buzilishi;
🔸 allergik reaktsiyalar;
🔸 ayrim holatlarda gormonal va modda almashinuvi jarayonlarining buzilishi.

🚫 “Tabiiy”, “oʼsimliklardan tayyorlangan”, “100% xavfsiz” degan yozuvlar mahsulot mutlaqo zararsiz ekanini anglatmaydi.


❤️ Salomatlik — tez ozishdan muhimroq! Oʼzboshimchalik bilan biofaol qoʼshimchalarni qabul qilmang.
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.