Ishonch telefoni
Bosh sahifa » Axborot xizmati / Bo'lim yangiliklari » Umumiy ovqatlanish shoxobchalarida jamoat hojatxonalariga qo‘yiladigan sanitariya-gigiyena talablari

Umumiy ovqatlanish shoxobchalarida jamoat hojatxonalariga qo‘yiladigan sanitariya-gigiyena talablari

4-08-2026, 16:26
54
🚻 Umumiy ovqatlanish shoxobchalarida jamoat hojatxonalariga qo‘yiladigan sanitariya-gigiyena talablari
Umumiy ovqatlanish korxonalarida jamoat hojatxonalarining toza va gigiyenik holatda saqlanishi nafaqat mijozlar qulayligi, balki ularning sog‘lig‘ini himoya qilishda ham muhim ahamiyatga ega.
Sanitariya talablariga ko‘ra jamoat hojatxonalarida:
✅ Doimiy tozalik va dezinfeksiya ishlari olib borilishi;
✅ Issiq va sovuq suv uzluksiz mavjud bo‘lishi;
✅ Suyuq sovun, qog‘oz sochiq yoki qo‘l quritgich bilan ta’minlanishi;
✅ Shamollatish va yoritish tizimlari soz holatda ishlashi;
✅ Chiqindilar qopqoqli axlat qutilariga yig‘ilishi va o‘z vaqtida olib chiqilishi;
✅ Sanitariya-gigiyena qoidalariga muntazam rioya etilishi shart.
Unutmang, toza va ozoda jamoat hojatxonasi – sifatli xizmat ko‘rsatishning muhim mezoni hamda yuqumli kasalliklar tarqalishining oldini olishga xizmat qiladi.


🔰Sanepid qo‘mitasi Yangiariq tuman  bo‘limi
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.