Aholi o‘rtasida baliq iste’moli madaniyatini oshiraylik!
Baliq — inson salomatligi uchun eng foydali oziq-ovqat mahsulotlaridan biri hisoblanadi. U organizmni yuqori sifatli oqsil, omega-3 yog‘ kislotalari, D va B guruhi vitaminlari hamda yod, fosfor va selen kabi muhim mikroelementlar bilan ta’minlaydi.Mutaxassislar baliqni haftasiga kamida 2–3 marta iste’mol qilishni tavsiya etadilar. Muntazam baliq iste’moli yurak-qon tomir kasalliklari xavfini kamaytirishga, miya faoliyatini yaxshilashga, immunitetni mustahkamlashga hamda bolalarning sog‘lom o‘sishi va rivojlanishiga yordam beradi.
✅ Baliq iste’molida quyidagilarga e’tibor bering:
🔹 Faqat yangi va sifatli mahsulotni tanlang.
🔹 Baliqni belgilangan haroratda saqlang va qayta muzlatmang.
🔹 Uni to‘liq pishirib iste’mol qiling.
🔹 Xarid qilayotganda mahsulotning yaroqlilik muddati va saqlash sharoitiga e’tibor bering.
🔹 Ratsioningizga baliqni muntazam kiritishga odatlaning.
🔰Sanepid qo'mita Yangiariq tuman bo'limi
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.
Hamda bularni ko'ring
Baliq — Omega-3 yog‘ kislotalari va oqsilga boy, yurak va miya uchun foydali.5-02-2026, 11:26
Issiq havoda oziq-ovqat mahsulotlarini qanday saqlash kerak?4-08-2026, 09:13
Yozgi tavsiya4-06-2026, 09:10
OVQATDAN ZAHARLANMASLIK UCHUN MUTAXASSIS TAVSIYASI15-07-2026, 09:12
Oziq-ovqat mahsulotlarini xarid qilishda nimalarga e’tibor berish lozim?28-07-2026, 13:38











