TIBBIY KO‘RIKDAN O‘TISH NIMA UCHUN MUHIM
Ko‘pchilik o‘zini yaxshi his qilsa, shifokorga murojaat qilishni ortga suradi. Ammo ayrim kasalliklar dastlab hech qanday alomat bermasdan rivojlanishi mumkin. Shu sababli muntazam profilaktik tibbiy ko‘rikdan o‘tish sog‘liqni saqlashning eng muhim qadamlaridan biridir.✅ Tibbiy ko‘rikning afzalliklari:
• Kasalliklarni erta bosqichda aniqlash imkonini beradi.
• Davolash samaradorligini oshiradi va asoratlar xavfini kamaytiradi.
• Yurak-qon tomir kasalliklari, qandli diabet, onkologik kasalliklar kabi xastaliklarni o‘z vaqtida aniqlashga yordam beradi.
• Sog‘lom turmush tarzini shakllantirish va umr sifatini yaxshilashga xizmat qiladi.
• Kelajakdagi davolanish xarajatlarini kamaytirishga yordam beradi.
👨⚕️ Kimlar tibbiy ko‘rikdan o‘tishi kerak?Barcha fuqarolar – bolalar, o‘smirlar, kattalar va keksalar. Ayniqsa surunkali kasalligi borlar, homilador ayollar hamda zararli ishlab chiqarish korxonalarida ishlovchilar muntazam tibbiy nazoratdan o‘tishlari tavsiya etiladi
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.
Hamda bularni ko'ring
Muayyan-dekretiv kasb egalari nega majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tadilar?13-10-2025, 10:02
UNUTMANG! BIOLOGIK FAOL QO‘SHIMCHALAR DORI VOSITASI EMAS!21-07-2026, 11:57
Gepatit B kasalligi, uning oldini olish choralari.14-01-2026, 17:06
Fast foodning zararli tomonlari: sog‘lig‘ingizni asrang! Fast food mahsulotlari tez tayyorlanishi va mazali ta’mi bilan ommalashgan. Ammo ularni muntazam iste’mol qilish organizm faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.8-07-2026, 14:16
Sut mahsulotlarga qo‘yiladigan gigiyenik talablar.16-06-2025, 16:40











